TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2022

 Ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual yoshlarni tanlovlarda ishtiroki

So‘nggi yillarda respublikada ilmiy va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda, iqtidorli yoshlarni nufuzli milliy hamda xalqaro olimpiadalar, musobaqalar va tanlovlarda salmoqli natijalarga erishishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Universitetimizning barcha iqtidorli talaba yoshlar singari “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti talabalari ham nufuzli tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi “Younghydroenergetics” to‘garagi 3 kurs “ITGO” iktidorli talabalari Innovatsiya vazirligi tomonidan tashkil etilgan 3-oylik “Biznes incubator” kursini yakunlab o‘z innovatsion loyixalari bilan tanlovda ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlandilar. Talabalar tomonidan ishlab chiqilgan MGES innovatsion loyihasi xay’at a’zolarida chuqur qiziqish uyg‘otdi.