“Ilmiy maqola yozishni o‘rgatish bo‘yicha seminar-trening”lar tashkil etilmoqda.
Avval xabar berganimizdek universitetda iqtidorli talabalar sonini yanada oshirish ularning, ilmiy va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda talabalarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish maqsadida “Ilmiy maqola yozishni o‘rgatish bo‘yicha seminar-trening”lar tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 23-24 yanvar kunlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Gidromelioratsiya, Energetika hamda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetlarida ilmiy maqola yozishni o‘rgatish bo‘yicha seminar-trening tashkil qilindi.
Ushbu seminar-treninglarni tashkil etish va talabalarga ilmiy maqola yozishni o‘rgatishga universitet tayanch doktorantlari jalb qilingan bo‘lib Gidromelioratsiya fakultetidan U.O‘zbekov, Energetika fakultetidan N.Abdug‘aniyev, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetidan Sh.Yusupovlar seminar-treninglar o‘tib berishdi. Shuningdek, ushbu seminar-treninglarga boshqa tayanch doktorant va doktorantlar ham jalb qilingan.
Seminar-treninglarda ilmiy maqola haqida qisqacha ma’lumotlar, IMRAD strukturasi haqida va adabiyotlar tahlili bilan ishlash haqida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tdi.
Shu bilan bir qatorda maqola yozishda avvalambor o‘z sohasi bo‘yicha ilmiy rahbar bilan mavzu yuzasida ishlash kerakligini hamda o‘z soha bo‘yicha kerakli jurnal tanlash haqida zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, talabalarga scopus va google schoolar talablaridan kelib chiqib ushbu bazaga kiruvchi jurnal va konferensiya materiallariga mos talablarni o‘rganib, ko‘nikma hosil bo‘lishi va nufuzli jurnallarda maqola chop etish uchun esa xalqaro tillarni chuqur o‘rganish kerakligiga alohida urg‘u berildi.
Seminar-treninglar bir qancha qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Seminar-treninglar barcha fakultetlarda tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib reja asosida bir oy mobaynida o‘tkaziladi.
Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti