TIQXMMI yangiliklari

img
21.11.2022

Ilmiy izlanishlarning o’rni

O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, shuningdek, asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash maqsadida:  “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi assistentlari Cho’lliyev Yoqubjon va Abdullayev Mashrablar Buxoro viloyatiga “Jondor-1” Bosh nasos stansiyasiga tashrif buyurishdi.

Tashrif chog’ida kafedra professor-o’qituvchilar tomonidan yaratilgan datchik va qurilmalar muvoffaqiyatli sinovdan o’tkazildi. Oʻtkazilgan tadqiqotlar va olingan birlamchi natijalar, asosida interpolyatsiya va ekstrapolyatsiya usulidan foydalanib kerakli qiymatlar va natijalar oldindi va nasos stansiyasi pasportida keltirilgan maʼlumotlar bilan taqqoslandi.

                  Universitet matbuot xizmati