TIQXMMI yangiliklari

img
22.04.2022

Ilmiy davra suhbati

TDPU  Muhandislik va kompyuter grafikasi kafedrasi dotsentlari N.E.Tashimov hamda kafedra tarkibidagi professor o'qituvchilar va Qozog'istonning L.N.Gumileva nomidagi Evrosiyo milliy universiteti Dizayn va muhandislik grafikasi kafedrasi professori Sadikova Janna Markovna "TurboSIte dasturida elektron darslik yaratish" mavzusida dokladi bilan yosh TDPU va "TIQXMMI" MTU magistrantlari o'zlarining dissertatsiya mavzulari bilan ishtirok etdi.

Jumladan "TIQXMMI" MTU Chizma geometriya va muhandislik grafikasi t.f.n. dotsent Kuchkarova Dilarom Fayzullayevna so'zga chiqib, ushbu loyihada MDH davlatlari bo‘ylab ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan olimlar va fan bo'yicha hamkorlikda qilingan izlanishlar respublika ilm fani rivojiga katta hissa qo'shishini ta'kidladilar.

Ushbu uchrashuvda "TIQXMMI" MTU Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi 2-kurs magistrantlari B.Ismatov "Gidrotexnika inshootlarini loyihalashda geometrik modellashtirish usullarini qo’llash" va A.Xodjayev "Bino inshootlarini kompyuterda uch o‘lchamli modellashtirish texnologiyalari" dissertatsiya mavzulari bilan ishtirok etib, yosh izlanuvchilarda qiziqish uyg'otdi.

Bunday hamkorlik uchrashuvlardan maqsad esa yosh olimlarning eng yaxshi innovatsion va ahamiyatli loyihalarini aniqlash, ilmiy qiziqishlarini oshirish, ilm-fanni rivojlantirish uchun umumiy birlashtiruvchi platforma yaratishdir.

            Universitet matbuot xizmati