01.04.2022
Ilmga intilganlar tashrifi
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga Toshkent viloyati Oʻrta chirchiq tumanining 58-umumta’lim maktabining 11-sinf oʻquvchilari, boʻlajak irrigatorlar 2022 - yil 30 - mart kuni tashrif buyurishdi. Marifatga intilgan yoshlarni "Gidromelioratsiya" fakulteti dekani A. Fatxullayev kutib oldi.
A. Fatxullayev Universitetning tarixi, fakultetlari, tashkiliy tuzilmasi hamda faxrli bitiruvchilari haqida oʻzining fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Bitiruvchilar oʻzlari qiziqqan savollarga mufassal javob olishdi. Uchrashuvdan soʻng universitet boʻylab sayohat qilishdi.
Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini A.A. Karimov axboroti
Universitet matbuot xizmati