TIQXMMI yangiliklari

img
26.01.2024

Ilm olishda ustozlar saboq va ibratdir

Ilm bebaho boylik, uni egallash oson ish emas. Xalq’imizda ilm olishni igna bilan quduq qazishga o‘xshatish bejiz emas. Har bir insonning kamol topishida ustozning o‘rni beqiyos. Shu bilan birga, ustoz va murabbiylar oldidagi eng katta mas’uliyatli  vazifadir.

Shu maqsadda, 26 yanvar kuni “TIQXMMI” MTU “Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Zamira Beknazarova mas’ulligida talaba qizlar o‘rtasida “Ilm olishda ustozning o‘rni” mavzusida suhbat tashkil qilindi. Suhbat, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya  instituti doktoranti Mexriniso Togaymurodova va fakultetning yosh olimalari, ilm izlanuvchilari Lola Suvonova, Gulchexra Shermatova, Nilufar Esonmurodovalar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Suhbatda yosh olimalar o‘zlarining tadqiqot ishlari mazmunini so’zlash bilan birga ilmi olishda ustozlarning qay darajada ahamiyatga ega ekanligi bo’yicha ham to’xtalib o‘tishdi.

Talaba qizlar ilm olishdagi boshlang‘ich qadamlar, rahbar tanlash,  maqola yozish tartibi bo‘yicha ko‘plab savollariga yosh izlanuvchilar tomonidan  kerakli ma’lumotlar olishdi.

Talaba qizlar shu mazmundagi suhbatlar  tez-tez tashkil etilishi  taklifi kiritildi va bu taklif ustozlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova axboroti

Universitet matbuot xizmati