TIQXMMI yangiliklari

img
17.02.2022

Ilm har qanday zamon va makonda ham  najot yo‘lidir

Ilm har qanday zamonda va makonda ham  najot yo‘li, zulmatni yorituvchi nur, insonni kamolotga yetaklovchi buyuk ne’mat bo‘lgan. Haqiqatdan ham bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimida olib borilayotgan islohotlar va bu sohada yaratilayotgan keng imkoniyatlardan ayonki, ta’lim tizimini ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash juda muhim masala hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2021 yildagi PQ-42-son “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va magistrantlar joriy yilning 16-fevral kuni «Gidroloyiha» Aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdilar.

Kafedra a’zolarini «O‘zbekgidroenergo» AJ xodimlar bo‘limi boshlig‘i Inoyat Sunnatov, bosh gidrolog Galina Sokolovskaya, texnik bo‘lim direktor o‘rinbosarlari Eler Irgashev, Denis Lingazov, loyihalar bo‘yicha bosh muhandis Bobur Azimov, boshqaruv apparati boshlig‘i Sevara Shukurovalar kutib olishdi. Yig‘ilishni «O‘zbekgidroenergo» AJ xodimlar bo‘limi boshlig‘i Inoyat Sunnatov ta’limga investitsiya kiritish – bu kelajakka sarmoya kiritish, xalq farovonligi, davlatning raqobatdoshligini ta’minlovchi omildir. Shu bois, biz uzluksiz ta’lim tizimini muntazam takomillashtirish, sifatli ta’lim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tarafdorimiz deya yig‘ilishni ochib berdi. Muhokama davomida kafedra mudiri t.f.d., prof. A.M.Arifjanov magistratura mutaxassisligining malaka talabi, o‘quv rejasidagi majburiy va tanlov fanlari, fan dasturi va silabuslar mavzulari bo‘yicha tahliliy taqdimotni yig‘ilish ishtirokchilariga namoyish etdi. Bosh gidrolog Galina Sokolovskaya taklif etilayotgan fanlar va mavzular ishlab chiqarish bilan bog‘langanligini va tashkilotda xodimlar masalasida muhandis gidrologlarga ehtiyoji borligini ta’kidlab o‘tdi. Majlis yakunida «Gidroloyiha» Aksiyadorlik Jamiyati rahbariyati tomonidan kafedra jamoasiga O‘zbekiston Respublikasidagi Gidrotexnik inshootlar joyilashgan manzillar aks etgan xarita  taqdim etildi.

 

 Universitet matbuot xizmati