TIQXMMI yangiliklari

img
15.11.2022

Ilm baxt keltirar, bilim – taxt

        Joriy yilning 12 noyabr kuni QSXET fakulteti 102-guruh talaba yoshlari bilan universitet psixologi M.K. Muhammedova va QSXET fakulteti tyutori B. Abdullayevlar hamkorlikda "Inson ichki dunyosiga nazar, baxtga yo'l" mavzusida seminar trening tashkil etishdi. Tadbir talabalarning o'ziga bo'lgan ishonchini kuchaytirish, kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash, o'z ehtiyojlari va his – tuyg'ularini inobatga olgan holda e'tiborlarini boshqalarga taqsimlashni o'rganish  va psixoemotsional zo'riqishlarni pasaytirish maqsadida tashkil etildi.

             Tadbirda talabalarni o'zliklarini anglashlariga, xarakterlaridagi o'zlari anglab yetmagan xususiyatlarini aniqlashtirishga mo'ljallangan qiziqarli test va treninglar o'tkazildi. Tadbir davomida 1- kursga qabul qilingan talaba yoshlardan ommaviy tarzda o'tkazish ko'zda tutilgan testlar: talabalarning oliygohga qay darajada adaptatsiya hosil qilganliklarini aniqlashga va guruhdagi psixologik sferani aniqlashga mo'ljallangan testlar ham olindi va javoblari muhokama qilindi.Tadbir boshida passiv qatnashgan ayrim talabalar, tadbir oxirlariga kelib faolliklari ortdi. Bu albatta quvonarli holat. Tanaffus bo'lishiga qaramay talabalar tadbirni davom ettirshni so'rashdi. Demak, biz talabalarning e'tiborini jalb qila oldik. Urinishlarimiz samara berganidan dalolat. Tadbir ko'tarinki kayfiyatda  “Mo''jizaviy quticha” mashg'uloti bilan yakunlandi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati