Ikkinchi Moniyni yo'qlab
Muzeylar - ajdodlardan meros bo’lgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy xazina, uzoq tarix sahifalaridan so’zlovchi kitobdir. Bugun O‘zbekistonda barcha muzeylarda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilishi munosabati bilan muzeylar tashrif buyuruvchilar uchun bepul xizmat ko‘rsatdi.
"Yer resurslarini boshqarish" fakulteti 102-105-guruh talabalari Kamoliddin Behzod muzeyiga tashrif buyurishdi. Kamolliddin Behzod - Movarounnahr va Xurosonda XV asrdagi Renessans davri vakillaridan biri, miniatyurachi musavvir, Sharq uygʻonish davri sanʼatkori, Hirot miniatyura maktabi asoschisi, muzahhiblar yetakchisi, ustozi, „Ikkinchi Moniy“ degan faxriy unvonga sazovor boʻlgan yetuk inson! Behzod nafaqat Sharq xalqlari musavvirchiligi tarixida, balki jahon rasm san’at tarixida o’chmas iz qoldirgan, o’zining ajoyib va qimmatbaho miniatyura durdonalari bilan butun dunyo madaniyati tarixida salmoqli hissa qo‘sha olgan buyuk va zabardast san’atkordir.
Talabalar Temuriylar davriga oid tarixiy miniatyura asarlarini, eksponatlarini tomosha qilib, ular bo’yicha muzey ekskursovodi(tanishtiruvchisi)dan ma’lumotlar olib katta taassurotlar bilan qaytishdi.
YRB fakulteti tyutori M. Vafoyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati