TIQXMMI yangiliklari

img
14.05.2022

Ikki maktabga maqsadli tahrif

 Universitetimizning “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi professor-o‘qituvchilari A.Atajanov, F.Bekchanov va L.Babajanovlarning Toshkent viloyati Nurafshon shahri hududida joylashgan 9, 10-maktablarga tashrifi 2022 yil 12 may kuni amalga oshirildi.

 Tashrif chog‘ida maktablarning 11-sinf o‘quvchilariga universitet ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi hamda fakultetlar tomonidan  yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlangan bukletlar va a’lochi o‘quvchilarga kafedra tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alar-kitoblar taqdim qilindi.

Ikkala umumta’lim o‘rta maktabi bitiruvchilari universitetimizga taklif qilindi.

Universitet matbuot xizmati