Ijodidan topgan baxtini
Maʻlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surilgan edi. Bu – yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʻz ichiga oladi. Yoshlarning boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʼlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli boʼladi.
Bunda, toʻrtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targʻib qilishdan iboratdir. Bu boʻyicha respublikamizda koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan: joriy yilning 5-aprelida “TIQXMMI” MTU da Gidromelioratsiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʼyicha Kengash a’zolari tomonidan talaba qizlar oʼrtasida “Ijodimdan topdim baxtimni” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirga: Prezident koʼkrak nishoni sohibasi, Yakkasaroy tuman «Milliy tiklanish demokratik partiyasi aʼzosi», Yoshlar ittifoqi aʼzosi va nogironlar jamiyati faoli, Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyot universiteti talabasi, 1-guruh nogironi Tosheva Latofat Nabievna taklif etildi. Mehmonimiz imkoniyati cheklangan bo’lsada oʼzining irodasi, kuchli matonati va jasorati tufayli va davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar tufayli bir qancha yutuqlarga erishgan. Ya’ni, uning “Eng yaxshi talaba“ tanlovi birinchi oʼrin sohibasi, «Soʼzda sehr sheʼrda hikmat bor», «Dil daryosi», «Men baxt manzilidaman» nomli sheʼriy toʼplamlari nashrdan chiqqan. Ijod namunalari respublika matbuotlarida, radio va televideniyelar orqali eʼlon etilib kelinmoqda. U bir qancha xonandalar tomonidan kuylangan ashulalar muallifi.
Mehmon tomonidan oʼz hayoti va ijodi she’riy to’plamlaridan namunalar oʼqib eshittirildi. Talaba qizlarimiz va ustozlar tomonidan berilgan savol - javoblar tarzida tadbir juda qizgʼin davom etdi. Tengdoshning imkoniyati cheklangan bo’lsada shuncha katta yutuqlarga erishganligi qizlarimizda juda katta hayrat va shu bilan birga oʼzlarida gʼayrat va shijoatni his etishdi. Tadbir soʼngida, talaba qizlarimizda nufuzli universitetda tahsil olayotganligiga, sog’-salomatligiga, har bir kuniga shukronalik hissi va vatanga boʼlgan sadoqati, muhabbati yanada kuchayganligini ularning yuz koʼzlaridan namoyon boʼlib turardi.
GM fakulteti xotin-qizlar masalalari boʼyicha dekan muovini Z. F. Beknazarova axboroti
Universitet matbuot xizmati