Ijobiy fikrlashning kuchi
2024 yil 28 mart kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K. Muhammedova va “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutori D.Xursandovalar hamkorlikda “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 107-guruh talaba yoshlari bilan "Ijobiy talqin orqali muammolarni bartaraf etish" mavzuida psixologik seminar trening tashkillashtirdilar. Seminar talaba yoshlarning fikrlarini nazorat qilish, salbiy fikrlarning o‘rniga ijobiy fikr yuritish texnikalaridan foydalanish hamda ushbu texnikalarni hayotda qo‘llash malakasini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Trening davomida "Noan' anaviy salomlashuv","Barmoqlar o'yini", "Kompliment"," Mening yaxshi xususiyatlarim" kabi trening o'yinlar o'tkazildi. Tadbir davomida barcha talabalar faol ishtirok etishdi, fikr va mulohazalarini bildirib o'tishdi eng keraklisi hayotda zarur bo'ladigan foydali ma'lumotlarga ega bo'lishgan holda tadbir nihoyasiga yetkazildi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova hamda GTQ fakulteti D.Xursandovalar axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati