TIQXMMI yangiliklari

img
31.01.2024

Ijarada yashovchi talabalar bilan uchrashuv

Joriy yilning  31-yanvar kuni “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti  “Energetika” fakulteti dekani A. Isakov, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va Fuqaro muhofazasi instituti mas’ul xodimlari ishtirokida  “Is gazidan zaharlanishning salbiy oqibatlari” va “Tabiiy ofatlar” mavzusida ijarada yashovchi talabalarga tadbir tashkil qilindi.  

Tadbirni Fuqaro muhofazasi  instituti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Bahodir Jo‘rayev va katta o‘qituvchi Chintoshev Odil talaba yoshlarga tabiiy ofatlar va hozirgi kunda kunning keskin sovishi natijasida yuzaga keladigan isitish vositalardan to‘g‘ri foydalanish kerakligi to‘g‘risida talaba yoshlarga ma’lumotlar berildi. Yong‘in chiqqanda va zilzila kuzatilgan vaqtlarda hovli va ko‘p qavatli qanday harakatlanish haqida misollar bilan batafsil tushuntirib berildi.

Zilzila kuzatilgan vaqtda qanday harakatlanish haqida amaliy mashg‘ulotlar ham tashkil qilinib, talabalar o‘rtasida savol javoblar o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida fakultet dekani A.Isakov so‘zga chiqib talaba yoshlarga  bugungi kunda  is gazidan zaharlanishlar soni ortib borishini oldini olish kerakligini, eng ayanchlisi esa buning oqibati o‘lim bilan yakunlanayotganligi haqida gapirdi. Shirin jonimizni gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalangan holda asraylik.

 

“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati