15.11.2023
Ichki tartib-qoidalar haqida
Joriy yilning 14 - noyabr kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti dekani B.Xasanov, dekan o'rinbosari A.Azimov, tyutorlar D.Xursandova, X.Saidova, universitet bosh muhandisi B.Qobulov va tarbiyachi-pedagog Sh.Islamovalar tomonidan 1-sonli talabalar turar joyida faol talaba qizlar va yigitlar ishtirokida universitetning ichki tartib-qoidalari, yotoqxonada yaratilgan sharoitlar, tozalik-ozodalik va tartib-intizomga amal qilish, oraliq va yakuniy nazoratlarga tayyorgarlik ko'rish masalalari bo'yicha davra suhbati o'tkazildi.
GTQ fakulteti tyutori D.S.Xursandova axboroti
Universitet matbuot xizmati