Ichki tartib qoida - talabaga foyda
“Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakultetida “Talaba-qizlar bilan kiyinish madaniyati va universitet ichki tartib qoidalari” bo’yicha Universitet xotin-qizlar kengashi raisi Z.K. Ismailova, fakultet dekani A.J. Isakov, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovuni A. Mutalov, fakultet xotin-qizlar kengashi raisi N.A. Nuraliyeva, hamda fakultet tyutorlari tashabbusi bilan o’tkazilgan yig’ilishda barcha talaba qizlar ishtirok etishdi.
Yig’ilishning asosiy maqsadi universitet hududida “Odob axloq kodeksi”ning umumiy qoidalari bo’yicha kerakli suhbatlar o’tkazildi. Bunda talabalar o’z o’qishga mos bo’lgan zamonaviy kiyimda bo’lishlari lozimligi shu bilan birga hammaning diqqatini tortadigan xususan tanani ko’rsatib turadigan, yelka, ko’krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan va haddan ziyod tor kiyimda kelish mutlaq mumkin emasligi, shu bilan birgalikda talaba qizlarimiz oliygohga ruxsat etilgan formadan tashqari turli din liboslarida kelishga yo’l qo’yilmasligi bo’yicha suhbatlar o’tkazildi.
Ushbu yig’ilish samarali yakunlandi talabalar o’zlariga kerakli xulosalarni olib, o’z fikr - munozaralarini bildirishdi.
Universitet matbuot xizmati