TIQXMMI yangiliklari

img
08.10.2022

Ichki olam bo'ylab sayohat

      Joriy yilning 7 oktabr kuni universitet psixologi M.K. Muxamedova va GTQ fakulteti tyutori  D.Xursandovalar hamkorlikda GTQ fakulteti 2 kurs 211-guruh  talabalari bilan “O'z ichki olamimizga nazar” mavzusida tadbir o'tkazishdi. Tadbir: “El netib topgay menikim, men o'zimni topmasam”, deb nomlangan Navoiyning misralari orqali boshlandi va talabalarga o'zlikni anglash inson hayotida muhim omillardan ekani, har bir o'qimishli, kelajakda bir kasbning egasi bo'ladigan inson avvalo o'zini anglab yetishi, maqsadlarini aniq qo'yishi muhimligi haqida qizg'in suhbat olib borildi. Tadbir davomida o'zlikni anglashga doir “O'zingni angla” testi, proyektiv test, “Siz qat'iyatlimisiz?” kabi so'rovnomalar va “Hayotimdagi eng muhim besh omil” kabi trening mashg'ulotlari o'tkazildi va natijalari muhokama qilindi.

     Ayniqsa “Hayotimdagi eng muhim besh omil” deb nomlangan trening mashg'uloti bahs munozaralarga boy tarzda kechdi va barcha qatnashchilar qalbida qattiq o'rnashib, umrlari davomida to'g'ri fikr yuritishlari uchun muhim rolь o'ynashiga imonimiz komil.  Tadbir so'ngida ishtirokchilardan  o'tilgan mavzu yuzasidan olgan taassurotlari haqida mini so'rovnoma olindi va muhokama qilindi. Yig'ilish ishtirokchilari tadbirdan bir olam zavq va kerakli ma'lumotlar olishgan holda tadbir o'z yakuniga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati