"I LOVE UNIVERSITY" shiori ostida o'tkazilgan shanba oqshomi
Muhtaram prezidentimizning besh muhim tashabbus doirasida talaba yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida joriy yilning 12-fevral kuni "Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash" fakulteti dekani Q.Shavazov, Yoshlar Ittifoqi yetakchisi J.Xo'jamqulov va Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari A.Borotov tomonidan taʼtil vaqtida unversitetimizni sogʻingan yoshlar uchun "I LOVE UNIVERSITY" shiori ostida talabalarning boʻsh vaqtini maroqli tashkil etish maqsadida shanba oqshomi oʻtkazildi. Dasturda Zahriddin Muhammad Bobur va Alisher Navoiy tavalludiga bagʻishlangan mushoira kechasi, "Mazali shashka" musobaqasi, "Mozaika" yigʻish musobaqasi va "Stol tennisi" oʻyinlari oʻtkazildi. Mazkur kechada fakultet yigit va qizlari faol ishtrok etishdi va bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazdilar. O'z iqtidorini namoyon etib faollik ko'rsatgan va musobaqalarda g'alaba qozongan talabalar munosib taqdirlandilar.
Yoshlar ittifoqi yetakchisi J.Xo'jamqulov
"TIQXMMI" MTU matbuot hizmati