Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi davra suhbati
Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti talabalari joylashgan 5 - talabalar turar joyida “Yoshlar oʼrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Unda "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekan muovini H.Eshova, talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi Sh.Islamova hamda Toshkent shahar Yunusobod tumani IIOFMB 1 - sonli IIB XPB “Mirzo Ulug`bek” mahalla profilaktika inspektori kapitan O.Vaxobov, leytenantlar F.Аkbaraliyev, M.Buxorovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda mutasaddi tashkilot xodimi soʼzga chiqib, bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning aksariyati, kelajagimiz egalari boʼlgan yoshlarimizni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning maʼnan yetuk boʼlib kamol topishlari uchun qaratilganini e'tirof etdi. Bu hukumatimiz tomonidan imkoniyat va sharoitlar yaratib berilayotganini, bundan oqilona foydalanish va toʼkis bilim olish zarurligi, yoshlar turli xil salbiy illatlarga qarshi immunitetini mustahkamlab, oʼz maqsadlari yoʼlida bardavom bo‘lishlari kerakligini qayd etdi.
Shuningdek, har qanday huquqbuzarliklar va jinoiy xatti-harakatlar sodir etganlik uchun yoshidan va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar, Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodekslarning tegishli moddalari bilan qonuniy javobgarlikka tortilishi haqida maʼlumotlar berib oʼtildi. Har qanday huquqbuzarlik ertaga katta jinoyat koʼchasi tomon yoʼl boshlashi mumkin. Sodir etilishi ehtimoli boʼlgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda beparvo boʼlmasligimiz kerak.
Universitet matbuot xizmati