Hunari borning oltin bilagi bor
Joriy yilning 17 - iyun kuni 4-TTJ talaba qizlari bilan universitet psixologi M.K. Muxamedova qizlarni oila qurishga tayyorlash, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va hunar o'rganishning o'ziga xos jihatlari haqida ma'lumot berish maqsadida “Qunt bilan o'rgan hunar, hunardan rizqing unar” mavzuida tadbir o'tkazdi.
Tadbir avvalida qo'l mehnati orqali ijod qilinadigan, yaratiladigan har qanday ijod namunasi inson ruhiyatiga ijobiy ta'sir etishi: kayfiyatning ko'tarilishi, asab tizimi faoliyatini tinchlanishi, miya faoliyatini yaxshilanishi, o'ziga bahoning, ishonchning oshishiga katta xizmat qilishi haqida ma'lumotlar berildi.
Tadbir ishtirokchilariga ilm va hunar o'rganish inson uchun eng zarur ishlardan hisoblanishi, har qanday narsaning mohiyatini anglash, jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalarning yaxshi-yomon tomonini tahlil qila bilish, ishlarning gunoh-savobini, hukmlarning halol-haromini ajratish, odamlarning qadru qiymatini to'g'ri tushunish, oilaning farovon yashashini to'g'ri tashkil etish, qisqasi, har tomonlama mukammallikka erishish uchun ilm va hunar egallash zaruriy ehtiyoj ekani haqida so'zlab berildi. Talaba qizilarga o'tgan tadbirda skrapbuking san'ati namoyish etilgan bo'lsa, bu gal zargarlik san'ati namunalari namoyish etildi va xohlovchi talaba qizlarga bu san'at bo'yicha mahorat darsi tashkil etilishi aytib o'tildi. Yig'ilish ishtirokchilari tadbirdan bir olam zavq olgan holda tadbir yakuniga yetdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
TIQXMMI MTU matbuot xizmati