TIQXMMI yangiliklari

img
15.06.2022

Hunar — tuganmas xazina   

Joriy yilning 15iyun kuni 4-TTJ GM fakulteti talaba qizlari, GM fakulteti tyutorlari: D.Egamova, D.Axrarova va K.Yakubovlar ishtirokida universitet psixologi M.K. Muxamedova qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, hunar o'rganish orqali ham pozitiv kayfiyatga sozlanish, ham qo'shimcha daromad topish manbaiga ega bo'lish mumkinligi haqida ma'lumot berish maqsadida “Qunt bilan o'rgan hunar, hunardan rizqing unar” mavzuida tadbir o'tkazdi. Tadbir avalida qo'l mehnati orqali ijod qilinadigan, yaratiladigan har qanday ijod namunasi inson ruhiyatiga ijobiy ta'sir etishi: kayfiyatning ko'tarilishi, asab tizimi faoliyatini tinchlanishi, miya faoliyatini yaxshilanishi, o'ziga bahoning, ishonchning oshishiga katta xizmat qilishi haqida ma'lumotlar berib o'tildi.

Tadbirda 107-guruh talabasi Rustamova Madina – ckrapbuking – gofri qog'ozdan guldasta yasash san'atini yig'ilish ishtirokchilariga namoyish etdi. Madina bu hunarni “Avval o'rgan, keyin o'rgat”, degan maqolga amal qilgan holda kursdoshi GM fakulteti 107-gruh talabasi S.Mamatqulovadan o'rgangani haqida yig'ilish ishtirokchilariga to'lqinlanib so'zlab berdi.

Talaba qizlarimiz ustoz shogird an'analarini davom etgan holda, bir-birlariga bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishib hunar o'rgatishlari naqadar go'zal holat!

Ushbu holatdan ilhomlangan GM 113-guruh talabasi Yeshanova Ma'mura kelgusi tadbirda “Origami” san'ati orqali oq qush yasash bo'yicha mahorat darsi o'tib berishga va'da bergani holda tadbir o'z yakuniga yetdi. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati