“Hissiyotlar sayyorasi”
Joriy yilning 21 fevral kuni "TIQXMMI" MTU GTQ fakulteti 202-203 guruh talaba yoshlari bilan universitet psixologi M.K.Muhammedova va GTQ fakulteti tyutori D.Xursandovalar tomonidan “Hissiyotlar rangi” mavzusida seminar trening tashkil etildi. Seminar trening talabalarda muammoga ijodiy yondashuvni shakllantirish, o'ziga ishonch va o'zini prezentatsiya qilish malakasini oshirish, his-tuyg'ularni tartibga solish, jamoa bo'lib faoliyat olib borish va bir-birlarini his etish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida tashkillashtirildi.
Tadbir savol javob orqali, bahs va munozaralarga boy tarzda kechdi. Tadbir davomida mavzuga oid trening mashg'ulotlar o'tkazildi. Trening natijasida talabalar aqliy, hissiy zo'riqish va stresslardan xalos bo'libgina qolmay, boshqa insonlar hislarini tushunish, ularni to'g'ri qabul qilishni o'rgandilar. Barcha talabalar o'tkazilgan tadbirdan o'zlari uchun foydali ma'lumotlarga ega bo'lishdi va ko'tarinki kayfiyatda tadbir nihoyasiga yetdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati