TIQXMMI yangiliklari

img
29.03.2022

Hisobot - yangi rejalar tuzish imkoniyati

Bugun rektorat yigʻilishida universitet xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi raisi Zuhra Ismailova bir yillik xotin-qizlar bilan olib borilayotgan faoliyatlari natijalari boʻyicha reja asosida “Universitet xotin-qizlar orasidagi gender tenglik masalasi va talaba-qizlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar samarasi toʻgʻrisida” gi masalalar boʻyicha hisobot maʼruza qildi.

Bunda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2020 yil 17 iyun 326-sonli buyrugʻi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muxitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora tadbirlari toʻgʻrisida” 2020 yil 18-fevraldagi PF – 5938-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2020 yil 18 fevraldagi PQ-4602-son Qarori hamda 2020 yil 24 apreldagi Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi konferensiyasining qaroriga koʻra Vazirlik tizimidagi tashkilotlar, hududiy boshqarmalar, oliy taʼlim muassasalari, filiallar rahbarlari, akademik litsey direktorlari, xotin-qizlar masalalariga bevosita masʼul boʻlgan Xotin-qizlar masalalari boʻyicha Kengash tuzilganligi, Kengash raisiga (jamoatchilik asosida) Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rahbar (rektor, direktor) maslahatchisi maqomi berilgani haqida maʼlumot berib oʻtdi. Shu bilan birga universitet Xotin – qizlar maslahat kengashi oʻz faoliyatini “Xotin – qizlar kengashining yangi 2021 yil OOʻMTV ning 13-dekabrdagi 518-sonli buyrugʻida tasdiqlangan “Nizomi”, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirliklar buyruq va qarorlari, yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan chiqarilgan normativ xujjatlar bilan ish olib bormoqda va amalga oshirilgan ishlar muntazam ravishda yigʻilishlarda koʻrib chiqib kelinmoqda.

2021 yil 13 - dekabr OOʻMTV ning 518-sonli buyrugʻi va Nizomiga asosan avvaligi yuqorida keltirib oʻtilgan buyruqqa bir qancha qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilgani va xotin-qizlar masalalariga oid aniq vazifalar berilganligi, xotin - qizlar masalalari boʻyicha kengash raisi (rektor maslahatchisi) va fakultet xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi maqomi berilganligi, maslahatchilarga talaba-qizlar bilan koʻproq shugʻullanishi maqsadida va ularni tadbirkorlikka, kasbga yoʻnaltirish va shu bilan birga oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida oʻquv yuklama soatlari hajmini qisqartirish, ularga ustama haq toʻlash va xonalar ajratish masalalari kiritilganligi bilan oʻzgartirilganligini qayd etib ketdi.

Shuningdek, universitet salohiyatida ayol professor-oʻqituvchilarning ulushi haqida ham toʻxtab oʻtildi. Bundan xulosa qilinadiki, ayollarimizning 33,88 foizi ilmiy darajali ayollar ekanligi va tahlili ham hisobotdan oʻrin oldi.

Shu bilan birga universitetdagi 95 nafar rahbar xodimlarning 25 nafarini ayollar tashkil etgani va ular 26,3 foizni tashkil etishi haqida ham fikr yuritildi. Bu albatta, yaxshi natija demakdir. Chunki oʻtgan oʻquv yilini hisobiga nisbatan koʻtarilganligi bu borada olib borilayotgan ishlar samarali ekanligidan dalolat berishi bilan birga, universitet rahbarining ayollarga va Gender tenglik masalalarida toʻgʻri yoʻnalishda ish olib borayotganidan deb bilamiz.

Bu natijalarga erishishda universitet xotin-qizlar kengashi va hamkor tashkilotlar va shu bilan birga xorijiy ekspertlarimiz bilan birga oʻquv yili davomida 2 ta xalqaro anjuman va 1 ta xalqaro FORUM oʻtkazilganligi bu ham oʻz samarasini berganligi haqida aytib oʻtdi.

Yana bir masala - universitetda Gender tenglik masalalarini taʼminlash maqsadida ayol professor-oʻqituvchilar tomonidan “Zaxira kadrlar” tayyorlash rejasi ham tuzilganligi va bu borada amaliy ishlar boshlanganligi bugungi hisobotni Prezidentimiz tomonidan rahbarlar oldiga qoʻyayotgan asosiy masalalariga qaratilganligidan dalolat berdi.

Bunda universitet ayollarining 14 nafari rahbarlikka zaxira kadr sifatida shakllantirilgan boʻlib, ular bilan alohida suhbat, amaliy kurs, rahbarlikka xos segmentlarini aniqlash boʻyicha seminar – treninglar tashkil etilishi rejalashtirilgan deb fikr bildirdi.

Yana bir masalani aloxida gapirib ketishni, bu borada talaba-qizlar masalasi ham eng dolzarb masalalar ekanligi ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan toʻgaraklar, klublar va sport toʻgaraklari faoliyat olib borayotgani haqida ham maʼlumotini taqdim etdi. Mana shu yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat olib borilayotganligi, har bir sohaga xos yetakchi mutaxassislar tomonidan rahbarlik tashkil etilganligi, talaba-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar eshigi ochiqligini qayd etish mumkin. Bu imkoniyatlardan talaba-qizlarimiz keng foydalanib katta-katta yutuqlarga erishib kelmoqdalar.

2021-2022 oʻquv yilida talaba-qizlarimizning nomdor stipendiya sohibi boʻlganligi qolganlari uchun ham namunadir. Ular ham bunday imkoniyatdan foydalanib, hozirda bir qancha yutuqlarga erishib kelishmoqda.

Hisobot natijasida esa xotin-qizlar tomonidan universitet talaba-qizlarni boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanish va ular bilan olib boriladigan ishlarni samaradorligiga erishish maqsadida kelgusida rejalashtirilgan bir qancha ishlar koʻlamini komponent sifatida keltirib oʻtdi va ular boʻyicha ishlarni tashkil etishga xos yoʻl-xaritasi ishlab chiqish va uning asosida ishlarni amalga oshirish zarur ekanligini koʻrsatib oʻtdi.

Hisobot yakunida olib borilgan ishlar qoniqarli deb topildi va bir qancha ish yuzasidan qarorlar qabul qilinib bajarish muddatlari koʻrsatildi va ular asosida keyingi ish rejalari tuzib chiqish masalasi rahbariyat tomonidan qayd etildi. Ayni paytda takliflar ham toʻla eshitildi, ijro uchun qabul qilindi.

Universitet matbuot xizmati