Hisobot - kelajakka chorlov
“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti o’z faoliyatini “Xotin-qizlar kengashining yangi 2021 yil OO’MTV ning 13-dekabrdagi 518-sonli buyrug’ida tasdiqlangan “Nizomi”, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirliklar buyrug’i va qarorlari, yuqori tashkilotlar tomonidan chiqarilgan normativ huquqiy xujjatlar bilan ish olib boradi.
“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti xotin-qizlar maslahat Kengashining 2021-2022 o’quv yili bo’yicha tuzilgan rejasi aynan yuqoridagi me’yoriy hujjatlarga asoslangan holda tuzilgan bo’lib, ular asosida har bir fakultet dekan maslahatchilari tomonidan ayol professor-o’qituvchilar va talaba-qizlar bilan birgalikda olib borgan faoliyati yuzasidan hisoboti rejalashtirilgan. Shu nuqtai nazardan har bir fakultet kesimida hisobotlar tinglash rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
14 iyul kuni milliy tadqiqot universitetimizning 2 ta fakultet “Gidromeliorasiya” va “Gidromeliorativ ishlarni mexanizasiyalash” dekan maslahatchilari: p.f.n.,dosent v.b. Z.Beknazarova va f.f.n.,dosent v.b. B.Mamadaminovalar xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahat kengashida o’z hisobotlarini tayyorlab topshirdilar.
Hisobot taqdimot shaklida tayyorlangan bo’lib har bir yo’nalishni qamrab olgan holda berildi. Bunda birinchi bo’lib "Gidromeliorasiya" fakulteti dekan maslahatchisi Z.Beknazarova tomonidan hisobot berilgan bo’lib, ular tomonidan birinchilar qatorida ayol professor-o’qituvchilar tomonidan ilmiy salohiyatni oshirish masalasidagi erishilgan yutuqlar, iqtidorli va a’lochi talaba qizlarimizni o’quv-tarbiya va darsdan tashqari erishgan yutuqlari, shu bilan birga TTJ laridagi faoliyat olib borilayotgan to’garakdagi faoliyatlari xususida to’xtaldi.
Z.Beknazarova yil davomida nafaqat iqtidorli talabalar bilan, balki muammolari bor, oilaviy sharoitlari og’ir talabalar, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”, “Yoshlar dafari” ro’yhatida turgan talaba-qizlar masalalarida ham to’xtalib o’tdi va ularga har tomonlama universitet rahbari, fakultet dekanlari va mutasaddi rahbarlar bilan birga moddiy, ma’naviy yordam ko’rsatilganligi haqida ham fikr yuritdi. Eng asosiy masalalarda, qizlarimizni TTJ dagi faoliyati va ular bilan har juma kuni kengash ish rejasi va dekan maslahatchilarning ish rejalari asosida tadbirlar tashkil etilayotgani haqida taqdimotda ham keltirib o’tildi.
Keyingi fakultet dekan maslahatchisi B.Mamadaminova tomonidan ham aynan shu masalalar yuzasidan to’xtalingan holda, ular ham prezidentimiz tomonidan ayollar va talaba qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan qanday foydalanayotganlik masalalari, qizlarimiz uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida ham gapirildi. B.Madaminova oilaviy qiyinchiligi bor ayol professor-o’qituvchilar, yolg’iz ayol xodimlarga moddiy yordam berib borilayotgani haqida axborot berdi.
Eng asosiylardan biri sifatida bu ikkala fakultetdagi faoliyat ko’rsatib kelayotgan ayol professor-o’qituvchilari nisbatan ko’proq bo’lgan kafedralar tomonidan hamkorlikda xorijiy ilmiy amaliy anjumanlar tashkil etilganligi va ular asosida OAVda chiqishlar qilingani, OAK ro’yxatidagiga ilmiy jurnallarda maqolalalar chop etilgani haqida ham aytib o’tdilar.
Hisobot jarayonida kengash a’zolari tomonidan ko’plab savollar berildi, javoblar olindi va takliflar ham, fikrlar ham berib o’tildi. Bu boradagi hisobotlar topshirish fakultetlar kesimida davom etadi.
Dekan maslahatchilari tomonidan hisobotlar tinglangandan so’ng xotin-qizlar masalalari bo’yicha kengash raisi so’zga chiqib ularni hisobotlari bo’yicha fikr yuritdi va qaror qismini tasdiqlashni so’radi. Bir ovozdan hisoblari qabul qilinib, bir qancha takliflar berildi.
Ular:
- har bir fakultetlar kesimida talaba-qizlarni ota-onalari bilan yashab turgan manzillarida (viloyatlar kesimida ) ko’chma suhbatlashishni tashkil etib borishni yo’lga qo’yishni universitet rahbariyatiga taklif sifatida kiritish;
- talaba-qizlarni TTJ ga joylashtirish vaqtida fakultet dekanlari bilan birga xotin-qizlar bo’yicha dekan maslahatchilarini ham taklif etish va ularni fikrlarini ham inobatga olish;
- talabalar safiga kirayotgan vaqtida talaba-qizlarni universitetni ichki odob-axloq qoidalariga rioya qilishini tushuntirish ishlarida alohida yurist konsultantni taklif etish va boshqalardan iborat.
Milliy tadqiqot universiteti xotin-qizlar
masalalari bo’yicha maslahat kengashi raisi
Z.Ismailova axboroti
Universitet matbuot xizmati