TIQXMMI yangiliklari

img
14.02.2022

Hazrat Navoiyni yod etib

    “Mahalla-Universitet” hamkorligi davom etmoqda. Bugun, 9-fevral Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo’ylab keng ko’lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Biz, “TIQXMMI” MTU “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakultetining mas’ullari Mirzakalon Ismoiliy mahallasiga tashrif buyurdik. Fakultetimiz faol yoshlari Alisher Navoiy qalamiga mansub ruboiy, g’azallardan namunalar aytishdi.

Zero, Mir Alisher Navoiy shaxsini faqat adabiyotchi yoxud she'riyat ixlosmandi emas, balki barcha bilishi, tanimog'i lozim. Alisher Navoiy shaxsining  yurt obodligi, xalq dardi bilan yashagan jonkuyar inson bo'lganlariga tarix dalolat. Yozgan satrlari esa olam-olam ma'nolari ila dillarda mangu yashajak!

Onalar oyog‘i ostidadur,

Ravzayi jannatu jinon bog‘i.

Ravza bog‘i visolin istar esang,

Bo‘l onaning oyog‘in tuprog‘i.

Universitet matbuot xizmati