Hayotga tayyorlash saboqlari
“Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo`yicha dekan maslahatchisi N.A. Xoliqova va universitet psixologi M.Muxammedova tomonidan 29-aprel kuni “Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida tadbir o`tkazildi.
O’tkazilgan tadbirda talaba qizlar ishtirok etdi. Tadbirda oilaning qizlar tarbiyasidagi o`rni va ro`li, oila qurishga tayyorgarlik, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning psixologik jihatlari yoritib o`tildi. Tadbirda psixolog tomonidan tayyorlangan “Hayot charxpalagi” texnikasidan va “O’zingni angla” testidan foydalanildi.
Tadbirning boshqa tadbirlardan alohida xususiyati shundaki, bu metod orqali talaba qizlarni bo`sh vaqtlarini nimalarga sarflashlari o`rganildi va ularga kerakli maslahatlar berildi. Tadbir ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.
Universitet matbuot xizmati