TIQXMMI yangiliklari

img
08.09.2023

Hayot faoliyati xavfsizligi bo'yicha seminarlar tashkil etildi

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, hamda talabalarning yashash sharoitlarida har xil ko’ngilsiz oqibatlar, jumladan, yong’in, elektr tokidan jaroxatlanish, ovqatdan zaxarlanish kabi holatlarni kelib chiqishini oldini olish maqsadida “Hayot faoliyati xavsizligi” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan universitetning barcha talabalar turar joylarida dars mashg’ulotlari tashkil etildi. Dars mashg’ulotlari grafikka asosan fakultetlar va talabalar turar joylari kesimida tashkil etilib, talabalarga o‘quv jarayonida, talablar turar joylarida va ijarada yashash sharoitlarida texnika, elektr va yong‘in xavfsiligi qoidalariga rioya qilish, is gazi va botulizm kasalligidan muhofaza qilish bo’yicha yo’riqnomalar berildi.

 

 

Universitet matbuot xizmati