TIQXMMI yangiliklari

img
20.04.2022

Hayot bu – imkoniyat!

Joriy yilning 19 - aprel kuni YeRB fakulteti 208-guruh talaba yoshlari bilan universitet psixologi M.K. Muxamedova va YeRB fakulteti tyutori M. Vafoyevalar suitsidning oldini olish va profilaktika qilish maqsadida “Kurash hayot shartidir” mavzusida tadbir o'tkazishdi.

Tadbir avvalida ishtirokchilarning hayot to'g'risidagi falsafiy tushunchalarini aniqlashtirish uchun “Men .......sevaman!”, “Hayot....insonga beriladi?”, “Hayotimdagi yaxshi narsalar”, “Hayotimdagi  juda yaxshi bo'lmagan narsalar”, “Hayotimdagi yomon narsalar”, “Men uchun hayotimdagi eng qadrli narsa....”, “Hayotimni sevaman chunki....” kabi mashg'ulotlar o'tkazildi va muhokama qilindi. Tadbir davomida “Hayot charxpalagi” texnikasi orqali ishtirokchilar vaqtlarini nimalarga sarflashlarini aniqlashtirib oldik. Aksariyat ishtirokchilar vaqtlarining asosiy qismini oila, sog'lik, shaxsiy o'sish va pul ishlab topishga sarflashlari ma'lum bo'ldi.

Ishtirokchilarning suitsidga munosabatlarini bilish maqsadida Z. Koroleva testi o'tkazildi.

Tadbirda barcha talabalar o'z fikrlarini bayon etib, faol qatnashishdi.

Ayniqsa, Mirshod, Orif, Saodat, Samandar, Sardor, Ilhom va Malikalar o'z fikr va mulohazalarini bildirishib faol ishtirok etishdi . 

 

Psixolog  M.K. Muxamedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati