TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2022

Hayot bu - cheksiz imkoniyat

Joriy yilning 23 - aprel kuni GM fakulteti 110-guruh talaba yoshlari bilan universitet psixologi M.K. Muxamedova va GM fakulteti tyutori D. Asralovalar hozirgi kunda aholi orasida suitsidning ko'payib borayotganligi tufayli, ushbu dolzarb ijtimoiy-psixologik muammoning oldini olish va profilaktika qilish maqsadida “Kurash hayot shartidir!” mavzusida tadbir o'tkazishdi.

Tadbir avvalida ishtirokchilarning hayot to'g'risidagi falsafiy tushunchalarini aniqlashtirish uchun “Men .......sevaman!”, “Hayot....insonga beriladi?”, “Hayotimdagi yaxshi narsalar”, “Hayotimdagi juda yaxshi bo'lmagan narsalar”, “Hayotimdagi yomon narsalar”, “Men uchun hayotimdagi eng qadrli narsa....”, “Hayotimni sevaman chunki....” kabi mashg'ulotlar o'tkazildi va muhokama qilindi. Tadbir davomida “Hayot charxpalagi” texnikasi orqali ishtirokchilar vaqtlarini nimalarga sarflashlari aniqlashtirib olindi. Ko'pchilik ishtirokchilar vaqtlarining asosiy qismini o'qish, sog'lik, shaxsiy munosabat, shaxsiy o'sish va pul ishlab topishga sarflashlari ma'lum bo'ldi.

Ishtirokchilarning suitsid muammosiga munosabatlarini aniqlashtirish maqsadida Z. Koroleva testi o'tkazildi. Tadbirda barcha talabalar o'z fikrlarini bayon etib, faol qatnashishdi.

 

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati