TIQXMMI yangiliklari

img
16.03.2024

Hashar - milliy qadriyatimiz

Xalqimiz orasida “Hashar - elga yarashar” degan maqol bor va bu bejiz aytilmagan. Chunki hasharda xalqimizga xos bag’rikenglik, o’zaro hamjihatlik, mahallalar, ko’chalar va aholi turar joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshiriladi.

Pokizalik va mehr-oqibat ramzi bo’lgan hashar xalqimizning ming yillar osha qadrlanib kelinayotgan azaliy udumlaridan biri sanaladi. Yurtimizda qishning tugashi va erta bahorda hashar o’tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an'anaga aylangan.

Joriy yilning 16 - mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “ET va QTEM” kafedrasi jamoasi tomonidan universitetimiz hududi va xonalarida tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

“Elektr taʻminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi stajyor oʻqituvchisi  Sh.Jumanazarov  axboroti

Universitet matbuot xizmati