Hashar mehnatkashga yarashar
Azaliy urf, an'anaviy udumlarimizdan biri bu hashardir. Hashar elga yarashar. Universitetimizda shanba kuni tashkil etilgan hashar ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tkazildi. Bu harakatda ayrim fakultetlar bilan birga asosan xo‘jalik bo‘limi peshqadam bo‘ldi. O'sha kuni Xo‘jalik bo‘limidan 34 ta xodim qatnashdi. Ular ertalabdan soat 15.00.gacha 400 mingga yaqin gul ko‘chatlari o‘tqazishdi. Ayniqsa, rayhon ekish ularga zavq baxsh etdi. Farroshlarning, hovli supuruvchilar, santexnika va elektrikar bo‘limi xodimlarining bu borada xizmatlari katta bo‘lganini ta'kidlash o‘rinlidir. Ekologiya laboratotiyasida, so‘ngra Yoshlar bog‘idagi gazonlarni tozalash, dorilash, Talabalar turar joyiga 1000 ta gul va rayhonlar ekildi. 70 ga yaqin daraxtlar, 300 metrdan ziyod barder (to‘siq)larning oqlangani ham hasharning qizg‘in tus olganligining belgisidir.
Bu borada universitet xo‘jalik bo‘limiga minnatdorchilik bildirish o‘rinlidir.
Universitet matbuot xizmati