Hashar – elga yarashar
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 apreldagi "Mamlakatning barcha hududlarida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish oyligi hamda 30 aprel kuni umumxalq xayriya hasharini o’tkazish to’g’risida"gi farmoyishiga asosan, Obod yurtning fayzi, tarovati o’zgacha bo’ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko’rkam bo’lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o’rin tutadi. Bugun butun mamlakatimiz bo’ylab umumxalq xayriya hashari o’tkazilmoqda. Yurtning obod bo’lishiga o’zining munosib hissasini qo’shishni insoniy burchi deb bilgan “Gidromeliorativ ishlarni mexanizasiyalash» fakulteti «Hayot faoliyat xavfsizligi» kafedrasi xodimlari ayni damda hasharni davom ettirmoqdalar. Bugun chindan ham hashar ozodalik, saranjomlik, ahillik va hamjihatligimiz ramzi ekanini yana bir karra namoyon etmoqda.
XFX kafedrasi assistenti o’qituvchisi A. Kurbonov axboroti
Universitet matbuot xizmati