TIQXMMI yangiliklari

img
20.03.2024

Hashar atrof-muhitga yarashar

Bejizga xalqimizda "Hashar elga yarashar" degan naql yoʻq emas. Haqiqatdan ham Bahor faslining goʻzal manzarasini yanada goʻzallashtirib koʻrkiga koʻrk qoʻshish uchun Hashar tariqasida keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 16,17-mart kunlari Universititetimizga qarashli TTJ (yotoqxona) maʼmuriyati hamda koʻngilli talabar ham ona tabiatning goʻzalligini, ekologiyani sofligini asrash uchun oʻz hissalarini qoʻshishdi.

Oʻgʻil bolalar yer yumshatish, daraxtlarni oqlash ishlari bilan shugʻullanishgan boʻlishsa, qiz talabalar esa supurish, tozalash ishlari bilan mashgʻul boʻldilar. Qilingan ishlar qizgʻin jarayonda oʻtdi. Chetdan eʼtibor bergan kishi haqiqiy Bahor nafasini his qiladigan darajada qizgʻin. Albatta, bunday muhitni koʻrib insonning kayfiyati ham koʻtariladi. Hozirgi kunda Ona tabiatni, ekologiyani asrash, uning koʻrkini yoʻqotmaslik har bir insonning majburiyati va vazifasidir. Ayniqsa, muborak oyda tabiatimiz goʻzalligiga, atrof - muhit tozaligi kabi savobli ishga hissa qoʻshgan hamda hashar tashkil qilgan TTJ maʼmuriyati va koʻngʻilli talabalarga minnatdorchilik bildirgan holda shunday hasharlar yanada koʻpaysin deb qolamiz.

2-bosqich talabasi Shukurullayev Toshpoʻlat axboroti

Universitet matbuot xizmati