Har ne’matning uvoli bor
Kuni kecha soat 18:00 da “Toshkent” telekanalida “Har ne’matning uvoli bor” mavzusi ostidagi ko’rsatuvda, jonli efirda ishtirok etdik.
Notiqlik san’atining amaliy mashg’uloti o’rnida jonli efirda mavzu yuzasidan o’z fikrimizni ifoda etish mashaqqatini his etishimiz uchun ustoz bizni ko’rsatuvga boshlab brogan edi. Ochig’ini aytish kerakki, biz do’stlarimiz bilan kamera oldida, ya’ni odamlar oldida o’zimizni qanday tutishni o’rgandik. Kursdoshim Jasur Bobomurodov o’zimizning universitutimizga tegishli bo’lgan suv mavzuda juda chiroyli va kerakli gaplarni aytib o’tdi. Jumladan, suv tanqisligi, uni tejab-tergab ishlatishning savobi xususida so’z yuritdi.
Ustoz esa nimani xor qilsang shunga zor bo’lasan degan xalq hikmatini keltirib qator dalillar bilan o’z mulohazalarini bildirdi.
Uvolga yo’l qo’yilgan ne’matlar haqida o’ylash muhimligi, xususan, vaqt, non, oziq-ovqat va suv kabi manaviy va moddiy tushunchalar haqida fikr almashildi. va ekran ortidagilarga ulashildi.
Ko’rsatuv tugagach ustozimiz Raximboy Jumaniyozov mavzu bo’yicha kim qanday gapirgani yo’l qo’yilgan kamchiliklarimiz haqida ayrim tanbehlarni ham eshitdik. Ko’rsatuvning keyingi sonlarda yanada yaxshiroq chiqishimizni uqtirdi.
Universitet 1-bosqich talabasi Jo’rayev Javohir axboroti
Universitet matbuot xizmati