TIQXMMI yangiliklari

img
16.02.2023

Har kimki vafo qilsa, vafo topqisidur

Joriy yilning 14 fevral kuni “TIQXMMI” MTU psixologi M.K.Muhammedova, GTQ fakulьteti tyutorlari X.R.Saidova va A.Xaydarovlar hamkorligida GTQ fakulteti 106-guruh talabalari bilan "Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur yodi mudom qalbimizda" mavzusida seminar trening tashkil etildi. Tabdir yoshlarni yuksak ma'naviyatli, madaniyatli, Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli va teran tafakkurli insonlar etib tarbiyalash maqsadida tashkil etildi. Tadbirni  universitet psixologi Boburshoh hayoti va ijodi haqidagi ma'lumotlar bilan boshlab: ”Boburning she'rlari — shoirning tarjimai xoli, desak mubolag'a bo'lmaydi. U orqali ijodkor shoirona til, teran tuyg'ularni bayon qiladi, hayotiy hodisalar to'qnashuvi natijasida hosil bo'lgan tashvishlarni mohirona so'zlaydi. Bobur she'riyatida ona vatan mavzusi alohida o'rin egallaydi. Uning g'azallarida, ayniqsa to'rtliklari vataniga bo'lgan sog'inch va cheksiz muhabbati ta'sirchan ifodalangan.

G'urbat tug'i yopqon ruhi zardimnimu dey?

Yo hajr chiqargon ohi sardimnimu dey?

Holing nedurur? Bilurmusen dardimni?

Holingai so'raymu, yo'qsa dardimnimu dey?!

Bobur she'riyatida, shuningdek, insonning axloqi va diniy mukammalligi masalalari ko'tarilgan. Shoir insonni yuqorilarga ko'tarib, unga ulkan hurmat ila munosabatda bo'ladi, inson qadr-qimmatini baland qo'yadi. Bu g'oyalarga zid bo'lgan barcha narsaga qarshi chiqadi. Boburning fikricha, xudbinlik, hurmattalablik, qizg'anchig'lik, manmanlik – noqobil sifatlardir. Shoir odamlarga samimiy maslahatlar beradi. O'zining ruboiylarida inson qanday qilib o'zini ma'nan tarbiyalashi kerakligi haqida gapiradi. Hurmatli talabalar! Biz Boburshohdan mukammal inson sifatidagi yaxshi xislatlaridan o'rnak olsak arziydi. U o'g'il, yor, ota, shoir, sarkarda sifatidagi xislatlarini butun dunyoga namuna qila olgan mukammal shaxslardan biridir”, deya to'lqinlanib o'z nutqini yakunladi. Shundan so'ng talabalar shoir ijodidan namunalar o'qib, yig'ilish ishtirokchilariga o'z qalblarida Boburshohga nisbatan tug'yon urgan ehtiromlarini izhor etib o'tishdi. Yig'ilishda GTQ fakulteti tyutorlari X.R.Saidova va A.Xaydarovlar ham talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ma'naviyatini yuksalishiga ta'sir etadigan fikr va mulohazalari bilan faol qatnashib, tadbirni ko'tarinki kayfiyatda o'tishiga sabab bo'lishdi. O'tkazilgan tadbirdan barcha talabalar o'zlari uchun kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishgan holda nihoyasiga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati