Har bir ishning vaqti bor, vaqt bilganning baxti yor
Joriy yilning 5 aprel kuni YeRB fakulteti 208-guruh talaba yoshlari bilan universitet psixologi M.K. Muxamedova va YeRB fakulteti tyutori M. Vafoevalar “Psixologik texnikalardan foydalanish orqali shaxsning yangi qirralarini kashf etish” mavzusida tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir avvalida ishtirokchilarga bir qator inson ruhiyatini pozitiv notaga sozlash va motivasiya berishga mo‘ljallangan psixologik masallar hikoya qilib berildi va muhokama qilindi.
“20 daqiqa texnikasi”, “Qilishim zarur! Men xohlayman! Men bajaraman!”diagnostik texnikalari orqali talabalarda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, o‘zlari, yaqinlari va atrofdagilarga e'tibor qaratish, xohishlarni orzuga, orzularni maqsadga, maqsadlarni amalga oshirishga o‘rgatish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbirda barcha talabalar o‘z fikrlarini bayon etib, faol qatnashishdi.
Ayniqsa Mirshod, Samandar, Sardor, Ilhom va Malikalar o‘z fikr va mulohazalari bilan ommani o‘zlariga tortdilar.
TIQXMMI MTU matbuot xizmati