TIQXMMI yangiliklari

img
17.10.2022

Har bir buyuk erkak ortida buyuk ayol bor!

Joriy yilning 14 - oktabr kuni 4-TTJ talaba qizlari bilan Xotin-qizlar maslahat kengashi a'zolari tomonidan "Qizlaringizga ilm bering! Ular millatni tarbiyalaydilar!" mavzusida seminar trening tashkil etildi. Tadbirda Z.Ismailova o'z so'zini Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning ta'lim va kasbiy ko'nikmalar olishi hamda bandligini ta'minlashga har tomonlama ko'maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo'llab-quvvatlash borasidagi qarori to'g'risida so'z yuritdi. Tadbir davomida universitet psixologi M.K.Muxamedovaga so'z berildi. U o'z so'zida: Singapurlik buyuk islohotchi Li Kuan Yuning fikrlaridan misollar keltirib o'tdi. Li Kuan Yuning fikricha, mamlakatning muaffaqiyati avvalom bor ilmli, ziyoli ayollar va onalarga bevosita bog'liq degan fikri yuz foiz haq bo'lib, hayotda o'z tasdig'ini topganini butun dunyo tan olganini hamma bilishi, ilmli, aqlli ayollar mo'ljalni juda yuqori olishlari va oilani yuksaklikka olib chiqish rejalarini tuza olishlari, bunday ayollar o'z erlari va farzandlariga kitob tutqazib va ilm-fanga yo'naltira olishlari va “Har qanday buyuk erkakning ortida buyuk ayol turadi.”, degan naql bejizga aytilmagani haqida to'lqinlanib so'zladi.

U o'z nutqida: “Intellekti yuqori ayol albatta buyuk farzandlarni kamolotga erishtirishi, otadan qon, jism o'tsada, aql, tafakkur ko'proq onadan o'tishi, shuning uchun qizlarimizni ilmli, ma'rifatli bo'lib o'sishlariga keng imkoniyatlar berishimiz va kasbli qilib jamiyatda ularni obro'sini yanada yuksaltirishga intilishimiz jamiyatimizda intellekti yuqori avlodlarning ko'payishiga, mamlakatimiz farovon bo'lishiga yuksak hissa qo'shishi, qizlarimizning intellektual jihatdan yuksalishlariga dastavval kitob o'qish juda katta ta'sir o'tkazishi haqidagi fikrlarni hayotiy faktlar oqali keltirib o'tdi. Va nutqining oxirida: ”Qizlar!!! O'zingizning iste'dodingizni, bilimingizni namoyon qilishdan, yangi g'oyalaringizni amalga oshirishdan hech qachon qo'rqmang,eski streotiplardan baralla voz keching. Kir yuvish va ovqat qilishni o'rganish bilan birgalikda, miyani bilimga, tafakkur va ko'nikmalarga to'ldirishga harakat qilinglar, keyin kech bo'lishi mumkin.”, deya o'z so'zlarini yakunladi. Tadbirda D.Muqimova, D.Xursandova, D.Axrarovalar ham faol ishtirok etishib o'z fikr va mulohazalarini yig'ilish ishtirokchilariga bildirib o'tishdi. yig'ilishda barcha ishtirokchilar faol qatnashishdi va o'z fikr mulohazalarini erkin tarzda ifodalashgan holda tadbir o'z yakuniga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati