TIQXMMI yangiliklari

img
08.10.2022

Haq-huquq-had-hudud demakdir

     Haq va huquqini bilgan inson o‘z haddini biladi. Jaloliddin Rumiydan "dunyoga kelib nimani bildingiz, o‘rgandingiz"- deb so‘rashganida "o‘z haddimni bildim"-deb javob bergan ekanlar. Demak, o‘z haddini bilgan o‘z huquqini ham anglagan bo‘ladi. 2022 yilning 7 oktyabr kuni "Gidromelioratsiya" fakulteti 1-2 kurs talabalari uchun Ichki ishlar vazirligidan huquq-tartibot masalalari bo‘yicha Universitetimizga biriktirilgan mas’ul mayor Ubaydullaev Abzal Risxibaevich, Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari Saparova Elnora Rustamovna, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor Sotiboldieva Xilola Sunnatillaevnalar ishtirokida "Yoshlar orasida uchrayotgan jinoyat va uning oqibatlari" mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, yoshlar orasidagi hozirgi kunda ommalashayotgan kiber jinoyatlar hamda jinoyatning boshqa turlari va ularning oqibatlari to‘g‘risida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.     

                  Universitet matbuot xizmati