Hamkorlik-yutuqlar kafolati
2023 - yil 23 - sentabr kuni “TIQXMMI” MTU B-bino “Turonbank” ATB o‘quv xonasida “Iqtisodiyot” fakulteti talaba yoshlari uchun Turonbank ATB Yuridik xizmat departamenti boshlig‘i Maxmudov Faxriddin Fazliddinovich tomonidan “Mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda fakultetning “Iqtisodiyot” va “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishlari talabalari hamda Turonbank stipendiyasi sohiblari hamda xodimlari ishtirok etishdi.
Ma’ruzachi tomonidan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari hamda mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi asoslar, mehnat kodeksining asosiy prinsiplari, mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish tartiblari, mehnat shartnomalarini o‘zgartirish asoslari, mehnat intizomini buzganlik uchun ish beruvchi xodimga intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan normalar xususida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdi. Seminar-trening qizg‘in savol-javoblar asosida o‘tdi.
“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti
Universitet matbuot xizmati