Hamkorlik - yangi g‘oyalar ishlab chiqish va muammolarni hal etish omili
“Professional ta’lim” kafedrasining 2023/2024 o‘quv yilida o‘tkaziladigan malakaviy amaliyotlarni samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqarish korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan 2024-yil 29-mart kuni soat 14:00 da hamkorlik uchrashuvi tashkil qilindi.
Uchrashuvda bir qator tashkilot rahbar va a’zolari tashrif buyurdilar, jumladan:
- Avazov Alisher Saidmuradovich, Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji direktori
- Yusupov Qudratjon Muxammadqodirovich, Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i
- Fazilova Mamura Ro‘zalievna, Yangiyo‘l agrotexnologiyalari texnikumi direktori
- Aranjiev Abdujabbor Abdugofurovich, Bo‘ka agrotexnologiyalar texnikumi direktori
- Shayunusova Nilufar Amankulovna, Zangiota agrotexnologiyalari texnikumi direktori
- Movlanov Olimjon Abdiraupovich (ZOOM orqali) Qashqadaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i
- Yusupova Moxigul Suyunovna (ZOOM orqali), Qarshi tumani Beshkent Agrotexnologiyalar texnikumi direktori
- Axmedov Shaxriyor Egamnazarovich (ZOOM orqali), Koson tumani Agrotexnologiyalar texnikumi direktori
- Isaev Baxtiyor Shukrullaevich (ZOOM orqali), Galaosiyo suv xo‘jaligi va melioratsiya texnikumi direktori
- Qalandarov Jamshid Shodmonovich (ZOOM orqali), Romitan agrotexnologiyalar texnikumi direktori
- Ochilov Asqar Adashovich (ZOOM orqali), G‘ijduvon agrotexnologiyalar texnikumi direktori
- Salomova Rano Vasievna (ZOOM orqali), Ta’lim jarayonlarini boshqarish shu’ba-o‘rinbosari
- Mamayusupov Safarali Qaxramonovich (ZOOM orqali), Surxandaryo viloyati Qumqo‘rg‘on Agrotexnologiyalar texnikumi direktori
- Nazirov Islomiddin Turdievich (ZOOM orqali), Denov Xazarbog‘ Agrotexnologiyalar texnikumi direktori
- Omonov O‘rol Sherqobil o‘g‘li (ZOOM orqali), Surxandaryo viloyati Arxitektura va qurilish texnikumi direktori
Bulardan tashqari “Professional ta’lim” kafedrasining professor-o‘qituvchilari doktorantlar va marketing bo‘lim boshlig‘i X.Xaitov hamda "Professional ta’lim" yo‘nalishi 2-3 kurs “Professional ta’lim”, ZOOM orqali 4 - kurs talabalari ishtirok etishdi. “Professional ta’lim” kafedrasi mudiri D.Muqumova Hamkorlik uchrashuvlar rejasi orqali jamoa a’zolarining mas’uliyatini kuchaytirish va rahbarlar amaliyotni tashkil etishda qanday maqsadlarni, vazifalarni bajarish va muammolarni hal qilishda yordam berishi haqida fikr bildirdi.
Professor Ismoilova Zuxra Karabaevna ham bir qator masalalar bo‘yicha taklif va mulohazalarini ya’ni elektron hisobot elektron kundalikni yo‘lga qo‘yish amaliyotni yanada samaraliroq tashkil etishda yordam berishini aytib o‘tdilar. Bir qancha tashkilot rahbar va a’zolari davra suhbatida faol qatnashib savol-javoblar juda qizg‘in kechdi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga yetarli darajada javoblarini oldilar. Suhbat jarayonida universitetimiz Marketing bo‘limi boshlig‘i Xaitov Xolmurod so‘zga chiqib texnikumlar va oliy ta’limlarda Elektroinjenering yo‘nalishini ochish, mayda elektr jihozlarni tuzatish ustalari yetishmasligi bu bo‘yicha yo‘nalishga mos mutaxassis tayyorlashimiz va buni tanishuv amaliyotlarida hamkorlikni kuchaytirish takliflarini ilgari surdilar.
O‘tkaziladigan malakaviy amaliyotlarni samarali tashkil etish maqsadida tashkil etilgan yig‘ilishda har ikki tomonga samarali bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi Shu o‘rinda tashkiliy qo‘mita rahbarlariga barcha tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.
"Professional ta’lim" kafedrasi assistenti Temirova Zoxida axboroti
Universitet matbuot xizmati