TIQXMMI yangiliklari

img
22.01.2022

Hamkorlik-sifat garovi

2022 - yil 22 - yanvar kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti majlislar zalida “Yashil iqtisodiyot” tarmog‘i uchun oliy ma’lumotli muhandis kadrlarni tayyorlash bo’yicha ish beruvchi hamkor tashkilotlar mutaxassislari bilan seminar o‘tkazildi. Yig‘ilishga hamkor tashkilotlardan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi loyiha rahbarlari M.Erxonova, S.Abdullaeva, “O‘zsuvloyiha” AJ mutaxassisi T.Rizaev, “Chirchiq-Ohangaron” ITHB kadrlar bo‘limi boshlig‘i S.Egamberdiyev, OOO “My-work” mutaxassisi O.Solijonovlar taklif etildi.


 

Yig‘ilishda SXTE va B fakulteti dekani R.Xakimov, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i X.Hayitov, mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari hamda o‘qitiladigan fanlar muhokama etildi. Seminar yig‘ilishida fakultetda kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida, ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari bilan ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalarini ko‘rib chiqib davr talablariga moslash yuzasidan muhokamalar olib borilib, ish beruvchilarning talablarini inobatga olgan holda malaka talablari, o‘quv rejalar va dasturlar ishlab chiqish va takomillashtirilish bo‘yicha kelishib olindi. Yig‘ilish qizg‘in savol-javoblar va muhokamalar asosida o‘tdi.

 

SXTE va B fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universitet matbuot xizmati