Hamkorlik shartnomasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil l0 dekabrda qabul qilingan “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42 sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda energetika sohasida universitetda hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti” bilan oʻzaro hamkorlik shartnomasi tuzildi.
“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining “Koʻp fazali tizimlar issiqlik fizikasi” laboratoriyasida zamonaviy super kompyuterlardan tashkil topgan bo’limiga tashrif buyurishdi.
Laboratoriyada mavjud qurilmalar bilan tanishish jarayoni yetakchi ilmiy xodimlar hamrohligida oʻtkazildi. Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida ilm-fan sohasidagi dolzarb muammolar, amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli rejalar va modellashtirishga oid ishlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, mamlakatimizda vodorod energetikasi sohasini yanada rivojlantirish uchun vodorod olish va uni trubkalarda saqlash, bu borada malakali kadrlarni tayyorlash uchun yoshlar ichidan iqtidorli talabalarni bu jarayonga jalb etish yuzasidan o’zaro kelishib olishdi.
“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi
tayanch doktoranti A.Davirov axboroti
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati