TIQXMMI yangiliklari

img
10.03.2022

Hamkorlik shartnomalari boʼyicha amaliy ishlar

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti bilan Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida joylashgan “TCT Cluster” klasteri oʼrtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida klaster rahbariyatining murojati asosida “Qishloq xoʼjaligi mashinalari” kafedrasi professor-oʼqituvchilari klasterning hudud mexaniklari uchun 2022 yil 28 fevraldan 9 martgacha boʼlgan muddatda oʼquv seminari tashkil etishdi.

Oʼquv seminari davomida kafedra professorlari K.Аstanaqulov va B.Xudayarov hamda dotsent А.Duskulovlar klaster hudud mexaniklari uchun yerlarga asosiy va sayoz ishlov berish texnologiyalari va unda qoʼllaniladigan plug, mola-tekislagich, tirmalar, ekinlar qator orasiga ishlov berish va kultivatorlar, oʼgʼit sepish mashinalari, gʼalla kombaynlari va paxta terish mashinalari, ularni ishga tayyorlash, traktorlar bilan toʼgʼri agregatlash va foydalanish boʼyicha nazariy va amaliy mashgʼulotlar oʼtishdi. Seminar davomida klaster mexaniklari professor-oʼqituvchilar bilan oʼzaro muloqot davomida juda koʼp maʼlumotlarga ega boʼlishdi.

 

“Qishloq xoʼjaligi mashinalari”kafedrasi mudiri K.D.Аstanaqulov