Hamkorlik o‘rnatish yo‘lida
Bugun universitetimizga “Ekologiya va huquq” fakulteti taklifiga binoan Germaniyaning Gamburg texnologiya universiteti “Circular Resource Engineering and Management” instituti direktori Kerstin Kuxta va Buyuk Petr nomidagi Sankt Peterburg politexnika universitetining "Междисциплинарные исследования и образование по технологическим и экономическим проблемам энергетического перехода (CIRETEC-GT)" laboratoriya mudiri I.V.Ilin boshchiligida bir guruh olimlar tashrif buyurishdi.
Universitet halqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A.T.Salohiddinov, “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi yetakchi professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tgan davra suhbatida jarayonida hamkorlik rejalari muhokama qilindi. Jumladan, ekologiya va atrof muhit muhofazasi, texnologik jarayonlarni boshqarishda raqamlashtirish, chiqindilarga ishlov berish, yashil energiyaga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlari, suv resurslarini qayta ishlash kabi qator yo‘nalishlarda jamoalar tomonidan erishilgan yutuqlar o‘rganildi hamda shu sohalar bo‘yicha kelajak rejalari belgilab olindi.