Hamkorlik o‘quv-ilmiy ishlarni rivojlantirish poydevori
2022 yilning 2 aprel kuni Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Tojikiston agrar universiteti professor o‘qituvchilari hamda talabalari bilan Onlayn tajriba almashinuv shaklidagi uchrashuv o‘tkazildi.
Onlayn uchrashuvda prof. Begmatov I.A. “Irrigatsiya sohasining hozirgi holati va rivoji” mavzusida 4 soatlik ma’ruza qildi.
Onlayn ta’lim shaklda o‘tkazilgan ma’ruza ma’lumotlari mazmunga boy va qiziqarli bo‘ldi. Ma’ruza davra qatnashchilari tomonidan berilgan bir qator savollarga javoblar berildi.
Shu bilan bir qatorda “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Tojikiston Agrar Universiteti tomonidan tashkillashtirilgan Yo‘ldashev Hakim Urunbayevichning “06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Shimoliy Tojikistonda sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanishi va ularni melioratsiya qilish yo‘llari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya ishini ham to‘liq eshitishga muvofiq bo‘lishdi. Mazkur ishning rasmiy opponenti kafedra professori Matyakubov B.SH. hisoblanadi. Dissertatsiya ishining dolzarbligi va zarurati, ilmiy - tadqiqotning maqsadi va vazifalari, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari, natijalarning ishonchliligi, tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi va e’lon qilinishi, hamda kuzatilgan kamchiliklar bo‘yicha fikrlarini bildirib, Dissertatsiya ishini qo‘llab-quvvatlab himoya qilishiga qarshi emasligini aytib o‘tdi.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Mardiyev Sh.H axboroti