TIQXMMI yangiliklari

img
18.12.2021

Hamkor tashkilot vakillarining bitiruvchilar bilan uchrashuvi

17-dekabr kuni Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, Qishloq xo‘jalik va meliorativ texnikalari texnik servisi va Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash yoʻnalishlari bitiruvchilari, universitetning hamkor tashkilot vakillari UzCaseServis” qoshma korxonasi bo‘lim boshlig‘i Shuxrat Mirkarimov, “Uz Class servis” qo‘shma korxonasi bosh injineri Shermat Fayzullayev, “Uzagroservis” AJ bo‘lim boshlig‘i Xoljigit Po‘latov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi kadrlar bo‘lim boshlig‘i Safarov Jo‘rabek, “Uzagrolizing” kompaniyasi rahbari Atajonov Nodir Sabirovich, Chirchiq-Ohangaron havza boshqarmasidan Otamurod Ishonqulovlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Hamkor tashkilot vakillari bitiruvchilarga korxona va tashkilotlar faoliyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi. Hozirgi kunda o‘zlaridagi 165 ta mashina traktor parki ва 34 ta hududiy servis korxonalariga mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari borligi, ularga bo‘lgan talablari to‘g‘risida va ulardagi vakant o‘rinlari haqida ma’lumot berishdi. Viloyat va tuman filiallarida ishlab chiqarish amaliyotlariga taklif qilishdi.

                               TIXMMI MTU matbuot xizmati