TIQXMMI yangiliklari

img
16.03.2024

Hamkor tashkilot bilan uchrashuv

Grafik asosida joriy yilning 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya  xizmati markazi  mutaxassisi G. Xamdamova tomonidan Malakaviy amaliyotlarni tashkil etish bo‘yicha seminar tashkil qilindi. Seminarda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Gidromelioratsiya fakulteti “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi professor o‘qituvchilari hamda gidrologiya va suv omborlari gidrologiyasi, Meliorativ gidrogeoliya ta’lim yo‘nalishlari 3- kurs talabalari ishtirok etishdi. Seminar davomida mutaxassis tomonidan malakaviy amaliyotlarni o‘tashda zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Respublikamizdagi daryolar va ularda  mavjud bo‘lgan gidrologik postlar hamda ularning joylashgan nuqtalari, ularning soni va vazifalari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Seminar so‘ngida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga munosib javoblar olishdi.  “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi hamda O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya  xizmati markazi o‘rtasida yangi memorandum imzolandi.

Universitet matbuot xizmati