Ham sayohat, ham ziyorat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 - yil 9 - fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida ichki turizmni ommalashtirish maqsadida “Ichki turizm oyligi”, “Ichki turizm haftaligi”, “Ichki turizm kunlari” tashkil etiladi. Qolaversa, O‘zbekiston zamini sayohat va ziyorat qiladigan xushmanzara joylar, qadamjolarga boy. Biz, “Toshkent irrigatsiya va ishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutori B. Abdullayev va 202-guruhning faol va iqtidorli talabalari bilan birgalikda Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab sayohat uyushtirdik. Maqsad: ham sayohat, ham ziyorat. Xorazm viloyati, Xiva shahridagi qadimiy va kishini hayratga soluvchi qadimiy obidalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryodagi ziyoratgohlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Barcha shod va xurram.
Universitet matbuot xizmati