TIQXMMI yangiliklari

img
17.02.2022

Go`zallik ilm-u ma`rifatda

Joriy yilning 15 - fevral kuni TIQXMMI MTU  “B” korpus ma'naviyat xonasida universitet psixologi M.K. Muxamedova  universitet tyutorlariga  G.Yu. Ayzenkning testi haqida ma'lumot berish uchun tadbir tashkil etdi. Tadbirda G.Yu. Ayzenkning  80ta savoldan iborat qobiliyatni aniqlashga mo'ljallangan testini 1-kursga qabul qilingan talabalardan  olish va testning natijasini ishlash va olingan natijaga ko'ra talabalarni tegishli to'garaklarga yo'naltirish uchun xizmat qilishi haqida ma'lumotlar berildi. Tadbir davomida tyutorlarga  1-kurs talabalari soniga qarab blankalar tarqatildi. Tadbirda barcha tyutorlar faol qatnashishdi va o'zlarini qiziqtirgan savollarga to'liq javoblar olishdi.

 

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati