Gigiyena – sog'lik posboni
Joriy yilning 14 sentabr kuni “TIQXMMI” MTU psixologi M.K.Muhammedova, 4-TTJ tarbiyachi pedagogi S.Muhrumboyeva va universitet profilaktik inspektori A.R.Ubaydullayevlar birinchi kursga qabul qilingan talaba yigitlarning yangi sharoitga moslashish jarayonini kuzatish hamda ularni TTJ ichki qonun qoidalari bilan tanishtirish, jinoyatning oldini olish va profilaktika qilish maqsadida "Sog'lom turmush asosi nimalardan iborat?", "Gigiyena – sog'liqning do'sti", "Jinoyat ko'chasi qayerdan boshlanadi?" mavzularida tadbir tashkil etishdi.
Tadbirda yig'ilish ishtirokchilari sog'lom turmush tarzini yuritish shartlari bilan tanishtirib o'tildi, bular:
1. Shaxsiy gigiyenik qonun qoidalarga qat'iy rioya qilish;
2. Ovqatlanishni to'g'ri tashkil etish;
3. Jismoniy faollik, hayot - harakatdadir;
4. Kun, o'qish va ishni biologik rejimlar asosida tashkil qilish;
5. Ruhiy osoyishtalik yoki asabiy muvozanatni ta'minlash;
6. Ichkilikbozlik, kashandalik va giyohvandlik kabi odatlardan tiyilish;
7. Ozoda orastalikka rioya qilish, atrof-muhitni ozoda tutishga bo'lgan munosabat masalalari ustidi fikrlar yuritilib, bu borada to'liq ma'lumotlar berildi. Bugungi kunimizda xalqimiz uchun nihoyatda uyatli holat bo'lsa-da, jamiyatimizda jinoyatchilikning urchib borayotgani, eng achinarlisi, yoshlar va ayollar orasida huquqbuzarlik illatini ko'payib ketayotgani hech kimga sir emas.
Universitet profilaktik inspektori A.R.Ubaydullayev jinoyatchilik va uni oldini olish borasida o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi. Yig'ilish ishtirokchilari o'tkazilgan tadbirdan o'zlari uchun foydali ma'lumotga ega bo'lishgan holda, tadbir nihoyasiga yetdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
TIQXMMI MTU matbuot xizmati