TIQXMMI yangiliklari

img
16.04.2023

“Gidromelioratsiya" fakulteti ijodkor talabasi

Gidromelioratsiya fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 303-guruh talabasi Toshpo‘latov Tohir Olimjon o‘g‘li darsdan bo‘sh vaqtlarini sher yozish bilan o’tkazadi. Jumladan “Suvni tejash - oliy burch”, “Muvaffaqiyat elchisi” uning yangi ijod namunalaridandir.

 

Suvni tejash - oliy burch

Suv – bu hayot asosi

Uni tejash burchimiz.

Masuliyat-la yondashing,

Zero, siz ham “suvchisiz”.

 

Beqiyoski suvning o’rni

Aytishdan malollandi til.

Nahot anglash qiyin buni

Suv-la ko’rkam bu olam bil!

 

Suv borki biz yashayapmiz

Shunday obod, shunday to’kin.

Qadrlash-chi? – Oqsayapmiz,

Hotirjammiz: tunday sokin.

 

Sokin tunga tong ottiring

Suvni tejab ishlatish-la.

Oz bo’lsada vaqt orttiring

Suv haqida o’ylanishga.

 

Suv bu ulug’ nematdir, lek

Sarflarmiz biz oy’lamasdan.

Tejab-tergab ishlataylik

Qurg’oqchilik bo’ylamasdan.

 

Ehtiyojni qondirish shart

Iching, sarflang dalalarga.

Isrof qilmang, faqat shu – shart

Zero, u tush ko’p xalqlarga.

 

Iltimos-ki, aytmoqning fursatidir bu

Axlat tashlamangiz suvga hech qachon.

Oqizmang behuda, noshukrlik bu

Zero, unga muxtoj har bir tirik jon!

 

Muvaffaqiyat elchisi

Ko‘p eshiklar qulfini ochgan bu kalit

Qo’lidadur kim boshlagan til o’rganishni.

Muvaffaqiyat elchisi u aniq kimgadir

Kim-ki bilsa bardosh-ila sabr qilishni.

Shunday ekan sabr qiling, taslim bo‘lmang siz

Vatanga siz keraksiz, xalqqa keraksiz.

Mas’uliyatni his qiling va ana shunda siz

Bari qiyinchiliklarni oson yengasiz.

Til bilishning foydasi ko’p

Kirishing tez o‘rganishga.

Hozir boshlang, erta kun yo’q

Shudir fursat o’zgarishga.

Til o‘rganing, kezing dunyo

Quring suhbat o’zgalar-la

O’zgardingiz, sezing go’yo

Butun dunyo o‘zgarar va

Bu emas tush, emas ro‘yo.

 

            Universitet matbuot xizmati